Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyadagi parlament saylovida so‘llar ittifoqi g‘alaba qozondi

Fransiyadagi parlament saylovida so‘llar ittifoqi g‘alaba qozondi

Foto: BBC

Fransiya parlamenti (Milliy assambleya)ga navbatdan tashqari saylovda «Yangi xalq fronti» so‘llar ittifoqi g‘alaba qozondi.

Ovozlar sanab bo‘lingandan so‘ng «Yangi xalq fronti» Fransiya Milliy assambleyasida 182 o‘ringa ega bo‘ldi.

Prezident Emmanuel Makronning «Birgalikda» ittifoqi ikkinchi o‘rinni egalladi, uning a’zolari parlamentdagi 168 ta o‘rinni egallaydi.

Uchinchi natijani Marin Le Pen boshchiligidagi «Milliy birdamlik» ittifoqi band etdi — 143 o‘rin.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, respublikachilar 45 ta o‘ringa ega bo‘lishdi, 39 ta o‘rin esa qolgan harakatlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Fransiyadagi parlament saylovining ikkinchi turidan so‘ng hech bir siyosiy harakat mutlaq ko‘pchilik ovozini to‘play olmasligi haqida oldinroq xabar berilgandi. Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal dushanba kuni ertalab iste’foga chiqishini e’lon qilgandi (u yangi hukumat shakllanishiga qadar qadar ishlab turadi).

Ma’lumot uchun: prezident Makron o‘z partiyasi Yevroparlament saylovida omadsizlikka uchraganidan keyin parlamentni tarqatib yuborib, muddatidan avval saylov o‘tkazilishini e’lon qilgandi. Birinchi turda «Milliy birdamlik» (Le Pen va Bardella) 31,4 foiz, Makronning «Birgalikda» partiyasi 14,6 foiz ovoz to‘plagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring