Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MXQ raisi, vazirlar va elchi... – futzal bo‘yicha Qirg‘iziston prezidenti jamoasi tarkibi aniq bo‘ldi

MXQ raisi, vazirlar va elchi... – futzal bo‘yicha Qirg‘iziston prezidenti jamoasi tarkibi aniq bo‘ldi

Qirg‘izistonda o‘tkazib kelinayotgan futzal bo‘yicha «Muras» turniri joriy yil 14-15-dekabr kunlari «Gazprom – bolalar uchun» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida va Bishkekdagi «Kaba uulu Kojomkul» nomidagi sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur turnirda ishtirok etadigan 16 jamoaning biri – mamlakat prezidenti Sadir Japarov jamoasining tarkibi e’lon qilindi.

Prezident Japarovning matbuot kotibi Erbol Sultonboyevga ko‘ra, jamoa 15 kishidan iborat va ular:

  1. Sadir Japarov – Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti;
  2. Qamchibek Tashiyev – Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi;
  3. Medetbek Bukuyev - Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi;
  4. Ayaz Bayetov – adliya vaziri;
  5. Almaz Baketayev — Moliya vaziri;
  6. Nurtazin Jetibayev - Davlat qurilish direktori;
  7. Xudoybergen Bazarboyev — mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vaziri;
  8. Almasbek Abitov – Prezident va Vazirlar Mahkamasining Jogorku Keneshdagi doimiy vakili;
  9. Umbetali Qidiraliyev – «Qumtor» oltin koni direktorlar kengashi a’zosi;
  10. Aziz Aaliyev – O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
  11. Musa Jamanboyev – Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
  12. Mayrambek Qaliboyev – Prezident Administratsiyasining imtihon topshirish bo‘limi eksperti;
  13. Aybek Junushaliyev – Davlat rahbari Administratsiyasi Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini tayyorlash bo‘limi mudiri;
  14. Talant Imanov – raqamli rivojlanish vaziri;
  15. Shabdanboyev Kanat – Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining o‘rinbosari – Jismoniy tarbiya va sport departamenti direktori.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida prezident ma’muriyati jamoasi «Muras» turnirida g‘olib chiqqan va yutuq evaziga olingan 1 mln som Mehribonlik uylariga taqdim qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring