Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘alaba paradida tank tomoshabinlarni bosib ketishiga bir bahya qoldi

G‘alaba paradida tank tomoshabinlarni bosib ketishiga bir bahya qoldi

Foto: «Lenta.ru»

Sevastopoldagi G‘alaba paradi vaqtida T-34 tanki tomoshabinlarni bosib ketishiga sal qoldi. Bu haqda «lenta.ru» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hodisa Naximov maydoniga burilishda yuz bergan. Ikkinchi jahon urushi zamonidan qolgan jangovar mashina burila olmagan va to‘g‘riga yurib ketgan.

«Buni kutmagan tomoshabinlar qochishga joy topolmay qolishgan. Voqea joyiga harbiy politsiya yetib kelib, tankni to‘xtatgan va motorini o‘chirgan. Mashina turgan joyida ta’mirlangandan so‘ng harakatini davom ettirgan», — deydi guvohlardan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tankka 75 yil bo‘lgan, uni qayta ta’mirlab, G‘alaba paradiga chiqarishgan.

24-iyun kuni Moskva shahridagi Qizil maydonda g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantana nihoyasiga yetdi. Uch qismdan iborat tadbir 1 soatu 15 daqiqa davom etdi. Dastlab piyoda va mexanizatsiyalashgan kolonnalar o‘tgan bo‘lsa, so‘ngra mehmonlar tantananing aviatsiya qismidan bahramand bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring