Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gavayida toshqin ko‘prik va uylarni vayron qildi (video)

Gavayida toshqin ko‘prik va uylarni vayron qildi (video)

Kadr iz video

Marui shahrida toshqin oqibatida suv ombori vayron bo‘ldi, mahalliy aholi uy-joylari zarar ko‘rdi, odamlarni evakuatsiya qilish to‘g‘risida e’lon qilindi. Bu haqda korrespondent.net xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Xaykudagi to‘g‘on 8 mart kuni buzilgan. Biroq uzoq davom etgan yomg‘irlar vaziyatni yanada yomonlashtirgan. Daryoning quyi qismida yashovchi mahalliy aholiga hokimiyat evakuatsiya qilishni maslahat bermoqda.

Suv toshqini tufayli ko‘prik va uylar jiddiy zarar ko‘rgan, 1300 uy elektrsiz qolgani aniqlandi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududda 40 yildan beri bunday kuchli toshqin qayd etilmagandi. Ular 15 daqiqada to‘g‘on butun bir ko‘chani qanday qilib yo‘q qilganiga guvoh bo‘lishdi.

 
 
 
 
 
Bu gönderiyi Instagram'da gör
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

NowThis (@nowthisnews)'in paylaştığı bir gönderi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring