G‘azo sektoridagi masjidga zarba: 21 kishi halok bo‘ldi
G‘azo sektoridagi masjidga berilgan aviazarba oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi.
Isroilning G‘azo sektori markazidagi masjid binosiga bergan zarbasi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN mahalliy fuqaro mudofaa xizmati va masjid yonida joylashgan Al-Aqsa shahidlari shifoxonasiga tayanib.
Avvalroq Reuters Falastin OAVlariga havola qilib, taxminan 18 kishi halok bo‘lgani va o‘nlab yaradorlar haqida xabar bergan edi.
Isroil mudofaa kuchlari havo kuchlari «bir kechada oldin Dayr al-Balah hududida masjid bo‘lib xizmat qilgan binoda joylashgan qo‘mondonlik-nazorat postida faoliyat yuritayotgan HAMAS askarlariga aniq zarba berganini» tasdiqladi.
Yana bir zarba Isroil harbiylari tomonidan sobiq maktab binosiga berilgan.
7 oktyabr kuni G‘azoda urush boshlanganiga bir yil to‘ladi. Shu vaqt ichida kamida 40 mingdan oshiq falastinlik halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter