Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azo sektorini tiklashga qancha pul kerak?

G‘azo sektorini tiklashga qancha pul kerak?

Foto: Ramadan Abed/Reuters

G‘azo sektorini tiklash uchun $80–90 mlrd mablag‘ kerak bo‘ladi, dedi Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdulhafiz Novfal «Izvestiya» bilan suhbatda. BMT hisob-hitoblariga ko‘ra, bu yerdagi infratuzilmani tiklashga 7-8 yil sarflanishi mumkin.

Elchining aytishicha, Falastin ma’muriyati G‘azoga xalqning yagona qonuniy vakili sifatida qaytishi shart, chunki tiklash ishlarini boshqarishga ugina qodir. Qolaversa, donorlar xalqaro anjumanini o‘tkazish lozim, bu ham Falastin ma’muriyati ishtirokisiz bo‘lmaydi.

Bugun, 7-oktyabr kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoriga bostirib kirganiga bir yil to‘ldi.

365 kundan buyon davom etayotgan muttasil bombardimonlar, quruqlik va dengiz orqali hujumlar oqibatida 41870 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 97 mingdan ziyodi yaralandi. Halok bo‘lganlarning 11378 nafari ayollar va 17 ming nafari bolalardir. Yana 10 mingga yaqin falastinlik vayron bo‘lgan binolar ostida qolib ketgan.

Bir yillik beayov hujum oqibatida G‘azo sektoridagi 902 ta oilaning barcha a’zolari qirilib ketdi, 1364 ta oiladan birgina vakil omon qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring