G‘azoda 24 soatda 90 dan ziyod inson halok bo‘ldi

Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi hujumi oqibatida bir kunda 90 dan ziyod inson halok bo‘ldi, deya xabar berdi anklav sog‘liqni saqlash vazirligi 15 iyul kuni bergan bayonotida.
«So‘nggi 24 soatda G‘azo sektori shifoxonalariga 93 kishining jasadi hamda jarohatlangan 278 kishi keltirildi», — deyiladi xabarda.
Isroilning hujumlari oqibatida G‘azoda 18-martdan buyon halok bo‘lganlar soni 7,6 ming nafarga yetgan. BMT ma’lumotiga ko‘ra, Isroil hujumlarni qaytadan boshlagan 18-martdan beri anklavda yashovchilarning 640 mingga yaqini yoki G‘azo sektori aholisining uchdan bir qismi ko‘chirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter