G‘azoda bir kunning o‘zida yuzdan oshiq kishi halok bo‘ldi

G‘azo sektorida 15-may, payshanba kuni Isroil armiyasining hujumlari chog‘ida kamida 103 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Al-Jazeera xabar berdi.
Telekanal Nosir kasalxonasi xodimlarining qurbonlar va jarohatlanganlar soni haqida xabar tarqatmoqda. Ularga ko‘ra, anklav janubidagi Xon Yunis shahrida Isroilning ketma-ket hujumlari natijasida kamida 59 kishi halok bo‘lgan. Sektor shimolida Jabaliya va G‘azo shaharlariga ham zarba berildi.
Isroil armiyasi 18-mart kuni G‘azo sektoriga hujumlarni qayta boshladi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning kabineti buni HAMAS harakatining AQSh vositachiligidagi muzokaralar chog‘ida Isroil tomonidan ilgari surilgan takliflarni rad etishi bilan izohladi.
Anklavdagi joriy operatsiyadan maqsad barcha garovga olinganlarni ozod qilishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter