Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar 73 nafarga yetdi

G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar 73 nafarga yetdi

1-dekabrda uyushtirilgan Isroil havo hujumi natijasida qamaldagi G‘azo sektorida yana 3 nafar jurnalist va 1 nafar operator halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.

Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi mojaro boshlangan 7-oktyabrdan beri o‘ldirilgan jurnalistlar soni umumiy hisobda 73 nafarga yetgan. Halok bo‘lgan OAV vakillarining 4 nafari ayollar ekani aytilmoqda.

Bayonotga ko‘ra, halok bo‘lgan jurnalistlarning ba’zilari Isroilning havo hujumlari ooqibatida oilalari bilan birga vayronalar orasida qolib halok bo‘lishgan, ba’zilari esa bevosita raketalar portlashidan o‘lim topishgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabr kuni ertalab Xamas Isroilga qarshi Al-Aqso to‘foni operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgandi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida o‘nlab qiruvchi samolyotlar yordamida XAMASga qarshi «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi, bu esa G‘azo aholisining qirg‘iniga aylanib ketdi. 27-oktyabr kuni Isroil G‘azoda quruqlikdagi harbiy operatsiyani boshladi.

BMT Bosh Assambleyasi zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Shu bilan birga, Iordaniya taklif qilgan rezolyusiya uchun 120 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham ovoz berdi. Biroq Isroil bu hujjatni tan olmasligini bildirdi.

Qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Euro-Med Human Rights Monitor tashkiloti G‘azoda Isroil harbiylari qo‘liga tushgan jasadlarning buyrak, jigar, yurak kabi a’zolari yo‘qolgani aniqlangan.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh bitimi 24 noyabr kuni ertalab kuchga kirdi va olti kun davom etdi. Kelishuv doirasida tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimini saqlashga va’da berishdi. Bundan tashqari, HAMAS G‘azoda garovga olinganlarning bir qismini, Isroil esa 100 dan ortiq falastinlik mahbuslarni ozod qilgandi.

Biroq 1 dekabr kuni Isroil armiyasi HAMASni sulhni buzganlikda ayblab, G‘azo sektorida jangovar harakatlarini qayta boshladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring