Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azodagi urush fonida Bayden reytingi keskin pasaydi

G‘azodagi urush fonida Bayden reytingi keskin pasaydi

NBC News telekanali so‘roviga ko‘ra, AQSh yetakchisi Jo Baydenning reytingi uning prezidentligi davridagi eng past darajaga tushib ketdi.

So‘rov shuni ko‘rsatdiki, Bayden siyosatini ma’qullash reytingi 40 foizgacha pasaygan.

Reytingning pastligi saylovchilarning aksariyati davlat rahbarining tashqi siyosatga yondashuvi va Isroil va HAMAS o‘rtasidagi ziddiyatga nisbatan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamagani bilan bog‘liq, deb hisoblanmoqda.

Shuningdek, 2024-yilgi saylovlar oldidan Bayden birinchi marta AQShning sobiq prezidenti Donald Trampdan ortda qolgani ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq AQSh prezidenti Xitoy yetakchisi bilan uchrashuvdan keyin uni yana diktator deya  atagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring