Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoni «kimsasiz orol»ga aylantiramiz — Isroil bosh vaziri tahdid qildi

G‘azoni «kimsasiz orol»ga aylantiramiz — Isroil bosh vaziri tahdid qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu jangarilarning harbiy amaliyotidan so‘ng Falastin anklavini «kimsasiz oroli»ga aylantirishga tahdid qildi va tinch aholini uylarini tark etishga chaqirdi.

«Biz bu kun uchun qasos olamiz. Biz HAMASning barcha pozitsiyalariga hujum qilamiz. G‘azoni kimsasiz orolga aylantiramiz. G‘azo fuqarolariga murojaat qilaman. Siz hozir ketishingiz kerak. Biz nishonga olamiz», – dedi Isroil rahbari televideniye orqali.

Yakshanba kuni erta tongda ham Isroil qo‘shinlari G‘azo sektorini bombardimon qilishda davom etmoqda. Harbiylarga ko‘ra, mamlakatdagi vaziyat to‘liq nazorat ostida emas.

«G‘azo sektorida ham Isroil xavfsizlik kuchlari va HAMAS o‘rtasida faol janglar davom etmoqda», dedi Isroil Mudofaa kuchlari matbuot kotibi Jonatan Konrikus.

Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroning keskinlashuvi 7 oktabr kuni ertalab boshlangandi. HAMAS tashkiloti Isroil hududiga minglab raketalarni otdi, keyin uning jangchilari u mamlakatga kirib bordi.

Isroil bunga javoban «Temir qilichlar» operatsiyasini boshladi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanini ta’kidladi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyatni to‘xtatishga chaqirdi.

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroildagi mavjud vaziyat yuzasidan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Falastindan o‘qqa tutilishi oqibatida Isroilda halok bo‘lganlar soni 300 kishiga yetgan, 2 mingga yaqin kishi jarohatlangan.

G‘azo sektorida esa Isroilning raketa zarbalari tufayli 256 kishi halok bo‘ldi, 1788 kishi yaralandi.

G‘azo sektorining kamida 20 ming aholisi Isroil tomonidan o‘qqa tutilgani sababli uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring