Germaniya mudofaa vaziri iste’foga chiqdi

Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat mudofaa vaziri Kristina Lambrextning iste’fosini qabul qildi. Bu haqda Germaniya vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oldinroq, Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext kansler Olaf Sholsdan uni lavozimidan ozod qilishni so‘ragan edi. U o‘z qarorini so‘nggi oylarda ommaviy axborot vositalari uning shaxsi va xatti-harakatlarini muhokama qilinayotgani va bu Bundesver (Germaniya Federativ Respublikasining qurolli kuchlari) ehtiyojlari hamda armiya rivojlanishi haqidagi munozaralarga soya solayotgani bilan izohlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (SPD) hamraisi Lars Klingbayl Germaniya Mudofaa vazirligining yangi rahbari bo‘lishi mumkin. Boshqa nomzodlar - Germaniya federal kansleri departamenti rahbari Volfgang Shmidt va mamlakat mehnat va ijtimoiy masalalar vaziri Xubertus Xayl.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter