Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya vaziri Rossiya bilan urush xavfidan ogohlantirdi

Germaniya vaziri Rossiya bilan urush xavfidan ogohlantirdi

Germaniya Rossiya bilan harbiy mojaro ehtimolini hisobga olishi va unga tayyorlanishi kerak, dedi mamlakat Mudofaa vazirligi rahbari Boris Pistorius ZDF telekanali orqali.

«Biz «hujumga maxsus tayyorgarlik» haqida gapirmayapmiz, lekin bu imkoniyatni hisobga olishimiz kerak. Urush bo‘ladimi-yo‘qmi noma’lum, lekin xavf bor. Shuning uchun o‘zimizni qurollantirishimiz kerak. Biz hozir NATOdagi ittifoqchilarimiz bilan birgalikda shunday qilyapmiz», dedi u.

Boltiqbo‘yi davlatlarida nemis qo‘shinlari bo‘lishi kerak, ular 2027 yilga borib «to‘liq jangovar tayyor» holatda bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi vazir. U, shuningdek, harbiy ekspertlarning hisob-kitoblarini keltirdi, unga ko‘ra, Rossiyaga harbiy harakatlarni boshlash uchun bir necha yil kerak bo‘ladi.

«Bu taxmin — hech kim anig‘ini bilmaydi. Biz esa bu vaqtdan – keyingi uch-besh yil ichida o‘zimizni qurollantirish uchun faol foydalanishimiz kerak», — deya xulosa qiladi Pistorius.

Yanvar oyi o‘rtalarida Bild nashri Rossiya va NATO o‘rtasidagi ehtimoliy «urush» tahlil qilingan maxfiy hujjat mazmuni haqida maqola chop etgandi.

Kreml va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Bild nashriga shubha bilan qaradi. «Men Bild’ning ushbu xabariga izoh bermayman», degandi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Vladimir Putin esa Rossiyada NATO bilan kurashish uchun «hech qanday sabab» yo‘qligini ta’kidlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring