Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada 10 kishini yashin urdi 

Germaniyada 10 kishini yashin urdi 

Foto: Iz.ru

Drezden (Germaniya, Saksoniya federal yeri)da kamida 10 kishini yashin urdi. Bu haqda shahar yong‘inga qarshi kurash xizmatiga asoslanib, DPA agentligi xabar berdi.

To‘rt kishining jarohati jiddiy, ularning ikki nafari jonlantirish bo‘lmiga yotqizilgan, yana olti kishi esa oyoq-qo‘llari uvishib qolganidan shikoyat qilgan. Chaqmoq odamlar yashiringan restoranning ayvoni metall ustuniga kelib urgani taxmin qilinmoqda.

Germaniyaning qator hududlarida yomg‘ir aralash kuchli shamol va chaqmoq hodisalari kuzatildi, ayrim joylarni suv bosgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring