Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada chumolilar internet va elektrni uzib qo‘ymoqda

Germaniyada chumolilar internet va elektrni uzib qo‘ymoqda

Foto: BILD

Germaniya janubida yashovchilar o‘rta yer dengizi chumolilari bosqinidan aziyat chekishmoqda: infratuzilmaga jiddiy ziyon yetkazuvchi bu hasharotlar hatto simlarni ham kemirib tashlamoqda, deyiladi Bild xabarida.

Foto: Bild

Aytilishicha, nemislarga Tapinoma magnum deb nomlanuvchi chumolilar hujum qilmoqda. Mittigina — 2-3 mm kattalikdagi chumolilar Germaniya janubiga Shveysariya orqali O‘rta yer dengizi mamlakatlaridan o‘tib kelgan.

«Invaziv (biologik xavfli) tur tez tarqalmoqda: birinchi bo‘lib chegara bo‘yidagi Lyorrax shahriga kirib keldi, keyin Kel, Geydelberg, Karlsrue, endi esa navbat Shtutgartga. Hasharotlar elektr va internet simlarini kemirib, elektr ta’minotida va aloqada uzilishlarni keltirib chiqarmoqda», — deyiladi xabarda.

Ekspertlarning aytishicha, bu chumolilar kasalliklar tashuvchisi hisoblanmaydi. Biroq ayrim kishilarda qisqa muddatli allergiya va ruhiy stressga sabab bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring