Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada odamxo‘r o‘qituvchi qo‘lga tushdi

Germaniyada odamxo‘r o‘qituvchi qo‘lga tushdi

Foto: «AFP»

Germaniyada yana bir odamxo‘r hibsga olindi: bunday hodisa qariyb 20 yilda ikkinchi marta takrorlanyapti, deb yozadi «BBC News».

Gap Stefan R. ismli 41 yoshli o‘qituvchi haqida boryapti. U 44 yoshli Stefan T.ni o‘ldirganlikda va kannibalizmda gumon qilinmoqda. Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, Stefan T. ikki oy oldin bedarak ketgandi.

Qayd etilishicha, erkakning suyaklari 8 noyabr kuni Berlindagi parkda topildi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, suyaklarning birida go‘shti bo‘lmagan. Bu tergovchilarning Stefan T. odamxo‘r qurboni bo‘lgan, degan xayolga borishiga sabab bo‘ldi. Qotillikda gumon qilinayotgan shaxs shubhali «internet-chat»larga kirgan.

Bunday hodisa 2001-yil mart oyida ham yuz bergan. O‘shanda 42 yoshli dasturchi Armin Mayves internet orqali tanishgan Bernd Yurgen Brandesni Rottenburgdagi uyiga taklif qilib, so‘ng o‘ldirgan. Shundan keyin Mayves bir necha oy davomida Brandesning tana a’zolari bilan oziqlangan.

Psixiatrlar odamxo‘r ruhan nosog‘lom degan farazni inkor etishib, uning aqli joyida ekanligini isbotlashgan. Kannibalning o‘zi ham aybiga iqror bo‘lgan. Faqat bularning hammasi o‘ljasining roziligi bilan amalga oshirilganini aytgan. U dastlab 2004-yilda odamni qasddan o‘ldirmagani uchun 9,5 yilga hukm qilingan. Biroq 2006-yilda yangi tafsilotlar yuzaga chiqqach Mayvesga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring