Gitler tug‘ilgan uy mojarosiga yechim topildi
Avstriya ichki ishlar vazirligi Adolf Gitler tug‘ilgan uyni qayta ta’mirlash rejalashtirilganidek amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Ko‘p yillik qonuniy tortishuvlardan so‘ng hukumat Gitler 1889 yilda tug‘ilgan shimoliy Braunau shahridagi uyni politsiya bo‘limiga aylantirishga qaror qildi.
The Guardian xabariga ko‘ra, Germaniya chegarasidagi ushbu bino neonatsistlar ziyoratgohiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hukumat 2016 yilda vayronaga aylangan binoni o‘z nazoratiga olgandi.
Maydoni 800 kvadrat metr bo‘lgan uyni qayta qurish narxi 20 million yevroga baholanmoqda. Ishlarni 2025 yilgacha yakunlash, politsiya uchastkasini esa 2026 yilgacha ishga tushishi rejalashtirilgan.
Gitler bu uyda qisqa vaqt yashagan. Biroq bu faktning o‘zi butun dunyodan natsizm tarafdorlarini shu maskanga jalb qilishda davom etayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter