Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gongkongdagi osmono‘par binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in 9 soatda o‘chirilgan

Gongkongdagi osmono‘par binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in 9 soatda o‘chirilgan

Gonkongning mashhur hududlaridan biri bo‘lgan Chimsacheyda qurilayotgan osmono‘par binoda sodir bo‘lgan yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 9 soat deganda bartaraf etildi.

Payshanba kuni kechqurun, Toshkent vaqti bilan 22:46da boshlangan yong‘in jiddiylik darajasi bo‘yicha 4-darajali deb topilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inda yangi qurilayotgan 42 qavatli bino atrofida foydalanib turilgan yog‘och narvonlar yongan.

O‘t o‘chiruvchilarning ma’lum qilishicha, yongan narvonlarning ayrim qismlari qo‘shni binolarda kichik yong‘inlarga sabab ham bo‘lgan, biroq ular tezda o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlangan. Yong‘inni o‘chirishda 130 dan ortiq mahalliy aholi evakuatsiya qilingan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

42 qavatli osmono‘par bino qurilishi joriy yilda yakunlanishi kerak edi. Hozircha yong‘in sabablari ma’lum qilinmagan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring