Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gonkonglik bojxonachilar 20 yillik rekordni yangilashdi

Gonkonglik bojxonachilar 20 yillik rekordni yangilashdi

Foto: Bangkok Post

Gonkong bojxonachilari 2022-yilning yanvar–noyabr oylari davomida 3,1 mlrd gonkong dollari (397 mln AQSh dollari) qiymatidagi 6,6 tonna narkotiklarni qo‘lga tushirishdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.

So‘nggi 20 yil davomida hali buncha miqdordagi giyohvandlik moddalari fosh etilmagandi.

Gazeta narkotiklar kontrabandasi keskin oshganiga e’tiborni qaratdi: masalan, 2021-yil davomida bundan 2 tonna kam giyohvandlik moddalari qo‘lga olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring