Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘oyib bo‘lgan «Titan» suv osti kemasi vayronalari ostidan inson qoldiqlari topildi

G‘oyib bo‘lgan «Titan» suv osti kemasi vayronalari ostidan inson qoldiqlari topildi

AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Atlantika okeanida cho‘kib ketgan «Titan» suv osti kemasida halok bo‘lganlarning qoldiqlarini topdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha dalillar bedarak yo‘qolgan ekipajga tegishli ekanligini tasdiqlash uchun shifokorlarga yuborilgan.

«Qo‘shma Shtatlar tibbiyot xodimlari voqea joyida vayronalar ostidan ehtiyotkorlik bilan topilgan inson qoldiqlarini rasmiy tahlil qiladi», — deyiladi agentlik matbuot xabarida.

Voqea bo‘yicha tergov komissiyasi rahbari Jeyson Noybauyer ham bir qancha mamlakatlar tergovchilari «Titanning halokatli o‘limiga sabab bo‘lgan omillarni» tushunish uchun vayronalarni haligacha o‘rganmaganligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, «Titan» suvosti kemasi «Titanik» vayronalari oldiga tushish chog‘ida g‘oyib bo‘lgan va uning bortida OceanGate Expeditions kompaniyasi asoschisi Stokton Rash, fransuz dengiz faxriysi Pol-Anri Narjeole, britaniyalik milliarder Hamish Xarding, pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning o‘g‘li Sulaymon bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring