Grenlandiyada 70 yilda birinchi marta yomg‘ir yog‘di
Grenlandiya muzliklarida anomal holat kuzatildi. Havo harorati nuldan ko‘tarilishi oqibatida yomg‘ir yog‘di, doimiy kuzatuvlar boshlangan 1950-yildan beri bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti, deb yozmoqda CNN.
O‘tgan dam olish kunlari Grenlandiya oroli muzliklarida harorat nuldan yuqoriladi. Bu oxirgi o‘n yillikdagi uchinchi shunday holat. Oqibatda orolning muz bilan qoplangan yuzasiga yetti mlrd. tonna suv yomg‘ir ko‘rinishida kelib tushdi.
Yo‘qotilgan muz miqdori judayam ko‘p: taxminan yillik me’yorning yetti baravarigacha.
Grenlandiya muzliklari erishi 1992-yildan 2018-yilgacha yetti baravar tezlashgan. XXI asr oxiriga borib orol muzliklari erishidan hosil bo‘lgan suv Jahon okeani sathi 7 santimetrga ko‘tarilishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter