Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziya: qishki mavsum fuqarolarning qalblarini isitishdan boshlandi — to‘rt oylik gaz va elektr pullarini davlat to‘laydi

Gruziya: qishki mavsum fuqarolarning qalblarini isitishdan boshlandi — to‘rt oylik gaz va elektr pullarini davlat to‘laydi

Foto: «Angieslist.com»

Gruziya hukumati pandemiya sharoitida qiynalayotgan aholining elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanganlik uchun to‘rt oylik to‘lovlarini to‘lashni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Georgiy Gaxariya hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi, deyiladi «Newsgeorgia» xabarida.

Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylaridagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni hukumat o‘z zimmasiga oldi. Kimda-kim bunday yordamga ehtiyoj sezmasa, murojaat qilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Georgiy Gaxariya. Foto: «EADaily»

«Biz hukumatning inqirozga qarshi rejalari uchinchi to‘lqinini e’lon qildik. Unda biznesga yordam ko‘rsatish bilan birga, ijtimoiy muhofaza ham ko‘zda tutilgan. 1-noyabrdan fuqarolarimiz foydalangan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishni boshlaymiz. Noyabrni ham qo‘shganda bu to‘rt oyni o‘z ichiga oladi. Bu 200 kVt.gacha elektr, 200 kub metrgacha tabiiy gaz sarflovchi barcha oilalar uchun taalluqli, qolaversa, suv va tozalash uchun to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Bugun hukumatimiz o‘z fuqarolarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan minimum shu», — dedi bosh vazir Gaxariya.

Ma’lumot uchun: Gruziyada har oy 200 kVt.gacha elektr energiyasi sarflovchilar soni 1,2 million kishini tashkil etadi. Hukumat ularning kommunal to‘lovlariga 17 million lari ($5,3 mln.) sarflashni rejalashtirgan.

Oyiga 200 kub metrgacha tabiiy gaz yoquvchi abonentlar soni esa Gruziyada 670 ming nafar. Ularning qarzini yopishga davlat 27 million lari (qariyb $8,4 mln.) ajratishga va’da bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring