Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyada 7-avgust motam kuni deb e’lon qilindi

Gruziyada 7-avgust motam kuni deb e’lon qilindi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili 7-avgust kuni Racha baland tog‘li mintaqasidagi Shovi kurortida ko‘chki oqibatida odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan motam kuni bo‘lishini ma’lum qildi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lgan.

«Bizning qarorimizga ko‘ra, dushanba (7 avgust. – Gazeta.Ru) motam kuni deb ye’lon qilinadi», — dedi Garibashvili tabiiy ofat hududini ko‘zdan kechirganidan keyin.

3-avgust kuni tushdan keyin «Sunset Shovi» mehmonxonasi hududiga ko‘chki tushib, natijada mehmonxonaga olib boruvchi ko‘priklar va yo‘llar vayron bo‘lgan. Voqea joyida qutqaruv ishlari davom yetmoqda.

Ayni paytda ofat hududidan 70 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan, 152 kishining shaxsi aniqlangan. Ular qutqaruvchilar va politsiyachi bilan xavfsiz joyda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring