Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziyada yangi hukumat va bosh vazir tasdiqlandi

Gruziyada yangi hukumat va bosh vazir tasdiqlandi

Irakliy Garibashvili.

Foto: «Kommersant»

Gruziya parlamenti hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi. 38 yoshli Irakliy Garibashvili yangi bosh vazir bo‘ldi. Bu haqda «Gruziya yangiliklari» xabar berdi.

Deputatlarning 89 nafari Garibashvilining nomzodini yoqlab, ikki nafari qarshi ovoz berdi. Tasdiqlanish uchun 75 ta ovoz to‘plash kerak edi.

Irakliy Garibashvili 2013-yilning 20 noyabridan 2015 yilning 24 dekabriga qadar ilgari ham Gruziya bosh vaziri bo‘lgan.

Ayni paytga kelib Gruziyada ikki nafar vazir yangilandi: Infratuzilma vazirligiga Mayya Skitishvili o‘rniga Irakliy Karseladze, shu paytgacha Garibashvili rahbarlik qilgan Mudofaa vazirligi bosh lavozimiga uning o‘rinbosari Juansher Burchuladze keldi.

Eslatib o‘tamiz, hukumat bilan ziddiyatga borgan avvalgi bosh vazir Georgiy Gaxariya 18 fevral kuni kutilmaganda iste’foga chiqqandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring