Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Halollikda o‘rnak bo‘lgan bolakay

Halollikda o‘rnak bo‘lgan bolakay

foto: 120.su

Xitoyning Xubey provinsiyasi politsiya  xodimlari  5 yoshli bolaning halolligidan hayratda qolishdi.

Gap shundaki bog‘da o‘ynab yurgan bolakay  uyali telefon topib oldi. Bola telefonni o‘zlashtirishga urinmadi, ya’ni u birovning mulki ekanligini angladi. Kichkintoyning yana bir zukkoligi telefonni politsiyaga topshirish kerakligini bilgani, qoyilmisiz?

Halol bolakay mukofotsiz qolmadi. Ko‘p o‘tmay, rasmiylardan biri bolaning bog‘chasiga kelib, unga politsiya formasi kiygan panda o‘yinchog‘i, faxriy yorliq sovg‘a qildi. Bola sovg‘alardan juda mamnun bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring