HAMAS 30-yanvar kuni kimlarni ozod qilishi ma’lum bo‘ldi
![HAMAS 30-yanvar kuni kimlarni ozod qilishi ma’lum bo‘ldi](http://static.xabar.uz/crop/1/7/720_460_95_1710331211.png)
Falastinning HAMAS harakati 30-yanvar kuni ozod etiladigan isroillik tutqunlarning nomlarini e’lon qildi. TASS ularning ro‘yxatini keltirdi.
Bugun isroillik ikki ayol va bir erkak ozod etilishi kutilmoqda: Isroil fuqarosi Arbel Yehud, Isroil mudofaa armiyasi harbiy xizmatchisi Agam Berger hamda 80 yoshli isroillik Gadi Mozes. Ular G‘azo sektorida garovga ushlab turilibdi.
Avvalroq Isroil 30-yanvar kuni 110 nafar falastinlik mahbusni ozod etishini ma’lum qilgandi. Ularning 32 nafari umrbod qamalganlar, 48 nafari uzoq muddatga qamalganlar va 30 nafari bolalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter