HAMAS G‘azo sektoridagi boshqaruvni topshiradi – Al Arabiya
Al Arabiya telekanaliga juma kuni bergan intervyusida HAMASning yuqori martabali rasmiysi harakat G‘azo sektoridagi boshqaruvni endilikda davom ettirish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, HAMAS allaqachon G‘azoni kelgusi bosqichda boshqarish uchun texnokratlardan iborat maxsus qo‘mitani tuzishga rozilik bildirgan.
HAMAS rasmiysining ta’kidlashicha, harakat taklif etilgan barcha nomzodlarni ma’qullagan va bu borada qo‘mita tarkibi bo‘yicha ichki kelishuv mavjud. Biroq muzokaralardagi ilgarilashga qaramay, Isroil amalda kelishilgan qadamlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
HAMAS vakiliga ko‘ra, G‘azoga joylashtiriladigan xalqaro kuchlar faqat o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini nazorat qilishi kerak. Ular G‘azoning ichki boshqaruviga aralashmaydi va hukumat vazifalarini bajarmaydi. Ularning asosiy vazifasi — tomonlarni ajratib turish va to‘qnashuvlarning qayta kuchayishining oldini olish bo‘ladi.
Muzokaralarda vositachilik qilayotgan davlatlar ham xalqaro kuchlar uchun aynan shunday monitoring vazifasini belgilash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani aytiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter