HAMAS guruhi keskin bayonot bilan chiqdi

HAMAS guruhi G‘azodagi tinch aholiga zarba berilsa, isroillik garovga olinganlar o‘ldirilishini e’lon qildi.
HAMAS harbiy qanoti vakilining aytishicha, agar Isroil oldindan ogohlantirmasdan tinch aholi uylarini yana bombardimon qilsa, jangarilar garovdagilarni o‘ldirishni boshlaydi.
Abu Obaydaning aytishicha, hozir ular asirlarni xavfsiz saqlashmoqda va agar ular o‘ldirilgan bo‘lsa, ayb Isroil armiyasida bo‘ladi, guruh ham tinch aholining uylariga hujum qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil bosh vaziri Binyanmin Netanyaxu HAMASning hujumlariga javoban G‘azo sektorida keskin harbiy harakatlar boshlanganini e’lon qilgan.
BMTga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azodagi HAMAS ob’yektlari qatorida turarjoylarga ham bomba yog‘dirmoqda.
BMTning Oziq-ovqat agentligi G‘azo hududiga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish ham qiyinlashganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter