Har bir fuqaroga 110 dollar beriladi — Janubiy Koreya

Janubiy Koreya hukumati ichki bozordagi talabni rag‘batlantirish maqsadida mamlakatning har bir fuqarosiga 110 dollardan beradi. Bu haqda The Korea Herald xabar berdi.
«Rejaga ko‘ra, 18 iyungacha mamlakatda yashab kelgan Janubiy Koreyaning barcha fuqarolari 150 ming von (110 AQSh dollari)dan oladi», — deyiladi xabarda.
Xorijliklar dasturga kiritilmadi. Doimiy yashovchilar, nikohdagi immigrantlar va qochoq deb topilgan shaxslar esa yordam oluvchilar ro‘yxatiga kiritildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter