Hatto vaksina ham koronavirusni yo‘q qila olmaydi — JSST

Vaksina koronavirusni yo‘q qila olmaydi — ushbu fikrni ilgari surgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qachonki barcha o‘zini tutish qoidalariga birdek rioya qilsagina pandemiyaini to‘xtatish mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda «Le HuffPost» portali xabar berdi.
Tashkilot Yevropada hukumatning tayyorgarligi va bilimlar yuqoriligi bois jamiyatda cheklovlar o‘rnatmasdan ham koronavirusni nazorat qilish mumkinligini ta’kidladi. Biroq buning uchun odamlar ham tayyor bo‘lishi kerak, virusdan himoyalanish bo‘yicha qoidalarga rioya qilinmas ekan bitta vaksina bilan undan qutulib ketish aslo mumkinmas, dedi JSST Yevropa sho‘’basi direktori Klaus Xinge.
Xinge mavsumiy gripp yaqinlashayotganidan ham ogohlantirdi, bu shundoq ham COVID-19ga qarshi kurashga bor kuchini sarflayotgan shifokorlarga qo‘shimcha tashvish bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter