Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havosi eng toza va notoza mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Havosi eng toza va notoza mamlakatlar reytingi e’lon qilindi

Dunyoning turli mintaqalarida havo tozaligini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot ko‘rsatishicha, 2021-yilda hech qaysi mamlakat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) talablarini bajara olmadi.

Shveysariyaning IQAir kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotda 6 475 ta shahardan faqat 222 tasida havoning o‘rtacha sifati JSST standartiga muvofiq kelgan. Barcha axborotlar real vaqt tartibida, ya’ni bir paytning o‘zida olingan.

JSTT talablariga muvofiq, havoda PM2,5 zararli zarralarining miqdori yiliga bir kub metrga 5 mikrogrammdan yuqori bo‘lmasligi kerak.

Havosi eng notoza mamlakat Bangladesh — barcha ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqda. Keyingi o‘rinlarda: Chad, Pokiston, Tojikiston, Hindiston, O‘mon, Qirg‘iziston, Bahrayn, Iroq va Nepal. Havoning ifloslanish darajasi Hindiston, Pokiston va Bangladeshda JSST talablari darajasidan 10 baravar yuqori!

Dunyodagi eng havosi yomon poytaxt-shahar — Dehli (Hindiston).

Yangi Kaledoniya, Virjin orollari (AQSh), Puerto-Riko, Kabo-Verde, Saba (orol), Finlyandiya, Grenada, Bagama orollari, Avstraliya va Estoniya — dunyoning havosi eng yaxshi hududlari. Qolaversa, Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Yaponiya, Kanada va Buyuk Britaniya ham havo sifati eng yaxshi mamlakatlar qatorida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring