Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haykalning siri ochildi

Haykalning siri ochildi

Foto: EPA/UPG

Richmond (AQSh) shahrida Fuqarolar urushi davrida janubliklarga qo‘mondonlik qilgan general Robert Lining haykali bor (edi). Yaqinda demontaj paytida haykalning postamentida «vaqt kasulasi» topildi, deb yozmoqda «New York Times».

Xabarda ta’kidlanishicha, haykal 1887-yilda o‘rnatilgan. Biroq 134 yillik tarixga ega haykal ommaviy tartibsizliklardan so‘ng, shu yilning sentyabrida joyidan olib tashlandi. Sababi — Robert Li Konfederatsiyaning boshqa generallari bilan bir qatorda quldorlik tarafdori bo‘lgan.

Foto: EPA/UPG
Foto: EPA/UPG

Tarixiy yozuvlarga ko‘ra, haykalning postamentida Konfederatsiyalar tarixidan so‘zlovchi taxminan 60 ob’yekt haqidagi ma’lumotlar saqlanuvchi vaqt kapsulasi bor.

Yana bir ma’lumotda esa maxfiy joyda qabrda yotgan Avraam Linkolnning fotosi saqlanishi aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring