Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayvonot bog‘i bir asr oldingi sharmandali haqorati uchun uzr so‘radi

Hayvonot bog‘i bir asr oldingi sharmandali haqorati uchun uzr so‘radi

Foto: «Tripsavvy.com»

Yovvoyi tabiatni saqlash jamiyati 1906-yilda Bronks hayvonot bog‘i bir necha kun maymunxonada afrikalikni namoyish qilgani uchun uzr so‘radi.

«Biz hozirgi Kongo Demokratika respublikasining mbuti xalqi vakili, markaziy afrikalik yigitga qilingan munosabatlar uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Unga ko‘ra, 1906-yilda hayvonot bog‘i vakillari direktor Uilyam Xornadey boshchiligida Ota Benga ismli afrikalik yigitni namoyish qilish uchun maymunxonaga joylashgan. Bir necha kundan so‘ng qoratanli ruhoniylar «sharmandali holat»ga noroziliklarini bildirishgach, yigit bolalar uyiga yuborilgan. Tashkilotning ta’kidlashicha, o‘n yildan so‘ng «insoniylik fazilatlaridan mahrum bo‘lgan va uyiga qaytolmagan Ota Benga fojiali ravishda o‘z joniga qasd qilgan».

«New York Times» gazetasining xabariga ko‘ra, afrikalik yigit namoyish qilingan maymunxona 2012-yilda yopilgan. Benga bilan bog‘liq epizodni tasvirlar ekan gazeta «1906-yilda «yangi eksponat» keng jamoatchilikka manzur bo‘lgan, maymunlarning sherigi sifatida qafasdagi odamni tomosha qilishga hech kim qarshilik ko‘rsatmagan», deb yozadi. Gazetaning ta’kidlashicha, bu epizod «o‘sha paytda Nyu-Yorkni qamrab olgan irqchilikning ajoyib namunasiga aylangan».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring