Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hind virusining asosiy xavfi aniqlandi

Hind virusining asosiy xavfi aniqlandi

Yaqinda Hindistonda aniqlangan halokatli Nipah virusi xuddi koronavirus kabi epidemiyaga sabab bo‘la olmaydi. Bu haqda Neo Hospital shifokori Ankit Jeynga asoslanib, «RIA Novosti» ma’lumot bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, virusning xavfi uning tarqalish tezligida va o‘lim darajasi 40 dan 75 foizgacha ekanligida.  «Ammo koronavirus bilan taqqoslaganda, Nipah epidemiya keltirib chiqarish qobiliyatiga ega emas», dedi Jeyn.

JSST Nipah dunyodagi eng xavfli viruslardan biri ekanligini, unga davo yo‘qligini ma’lum qildi. Hind virusi bilan kasallangan odamlar isitma, ruhiy o‘zgarishlar, kuchli zaiflik, bosh og‘rig‘i, nafas yetishmovchiligi, yo‘tal, qusish, mushak og‘rig‘i, tirishish va diareya bilan og‘riydilar.

Jeynning ta’kidlashicha, infeksiyadan keyin tiklanish darajasi 25 dan 45 foizgacha.  Nipah yuqtirmaslikni oldini olish uchun shifokor yaxshi tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishni va mevalarni yaxshilab yuvishni maslahat bermoqda.

«Odamlar qo‘llarini muntazam yuvishlari va yuqtirganlar bilan aloqa qilmasliklari kerak», – deya ta’kidlagan mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring