Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Pokiston uchun havo hududini yopmoqda

Hindiston Pokiston uchun havo hududini yopmoqda

30-apreldan 23-maygacha Hindiston Pokiston bilan bog‘liq samolyotlar, jumladan, harbiy samolyotlar parvozini cheklaydi.

Bu mamlakatlar o‘rtasida kuchayib borayotgan keskinlik bilan bog‘liq. Cheklov amallarining tugash muddati uzaytirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 22-aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi Paxalgam shahrida qurollangan jangarilar 26 kishini o‘ldirgan edi va shundan so‘ng 24-aprelda Pokiston tomoni Hindiston samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopgan edi. 

Shuningdek, 25-aprel kuni Kashmir vodiysida  ikki tomon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring