Hindiston Rossiya nefti evaziga $10,5 mlrd iqtisod qildi
Hindiston Rossiyadan neft sotib olish hisobiga ikki yilda 10,5 mlrd dollar iqtisod qildi, deb yozdi Indian Express.
Hindistondagi neftni qayta ishlash zavodlari imtiyozli barrellardan foyda ko‘rmoqda. Ilgari hind «qora oltin» bozorida ahamiyatsiz ishtirokchi hisoblangan Rossiya endilikda mamlakatga neft yetkazuvchi eng yirik eksportyorga aylandi, deyiladi xabarda.
Reuters xabarga ko‘ra, Hindiston Rossiya nefti importi bo‘yicha uzoq muddatli bitim imzolash uchun Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter