Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi — Tramp

Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi — Tramp

Foto: BILD

AQSh prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, Hindiston va Pokiston «to‘liq va zudlik bilan» o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.

«Qo‘shma Shtatlar vositachiligida uzoq davom etgan tungi muzokaralardan so‘ng, Hindiston va Pokiston to‘liq va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganliklarini mamnuniyat bilan ma’lum qilaman. Har ikki mamlakatni sog‘lom va oqilona qarorga kelgani bilan tabriklayman. Ushbu masalaga e’tibor qaratganingiz uchun rahmat!», — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Pokiston tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dar o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi xabarni tasdiqladi. Hindiston tomoni hozircha bayonot bergan emas.

To‘ldirilgan xabar!

Hindiston ham xabarni tasdiqladi. Ta’kidlanishicha, Hindiston va Pokiston quruqlik, havo va dengizdagi barcha otishmalar va harbiy harakatlarni bugun mahalliy vaqt bilan soat 17:00 (bizning vaqt bilan soat 16:30)da to‘xtatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring