Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda 5 qavatli uy qulab tushdi: yuzga yaqin odam vayronalar ostida qolib ketdi

Hindistonda 5 qavatli uy qulab tushdi: yuzga yaqin odam vayronalar ostida qolib ketdi

Foto: «Reuters.com»

24-avgust kuni Hindistonning Mumbay shahri yaqinida qulab tushgan uy vayronalari ostida kamida 90 kishi kolib ketdi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib «Reuters» xabar bergan.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar va mahalliy aholi shu vaqtgacha besh qavatli bino vayronalari ostidan jarohatlangan 28 kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Hodisa mamlakatning moliyaviy markazi va juda ko‘p aholi istiqomat qiladigan Mumbay shahridan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan Maxad shahrida sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, qutqaruv operatsiyasi kuchli yomg‘ir paytida amalga oshirilgan — hozir hududda yog‘ingarchiliklar mavsumi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring