Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda ayol erini ayiq changalidan qutqardi

Hindistonda ayol erini ayiq changalidan qutqardi

Foto: NDTV

Hindistonning Odisha shtatida ayol kishi vahshiy ayiqqa qarshi kurashib, turmush o‘rtog‘ining hayotini saqlab qoldi. Bu haqda NDTV nashri xabar berdi.

O‘rmonga barg yig‘ish uchun borgan er-xotinning ro‘parasidan to‘satdan oltita yovvoyi ayiqdan iborat to‘da chiqib qolgan. Yirtqichlardan biri erkakka tashlanib, uning boshi va tanasiga jiddiy jarohatlar yetkazgan.

Shu payt ayol o‘zini yo‘qotmay, erini himoya qilish uchun qo‘lidagi tanjiya (mahalliy boltasimon qurol) bilan ayiqqa qarshilik ko‘rsatgan. Jasur ayolning zarbalaridan so‘ng yaralangan yirtqich o‘rmon ichkarisiga qochib ketgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanuvchini shifoxonaga yetkazishdi. Shifokorlarning aytishicha, hozirda erkakning ahvoli barqaror va u sog‘aymoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring