Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda bortida 242 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Hindistonda bortida 242 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Foto: Sud.ua

Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Air India aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, Hindistonning Ahmadobod shahridan Londonga uchayotgan edi.

Air India samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib radarlardan g‘oyib bo‘lgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot balandlikka chiqa olmagan va turar-joy hududiga qulagan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Samolyot bortida 230 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring