Hindistonda ikki yuz metrlik egizak binolar portlatib yuborildi (video)
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli chekkasida noqonuniy qurilgan ikki osmono‘par bino buzib tashlandi.
32 qavatli «Apeks» va 29 qavatli «Seyan» binolari hozircha mamlakatda «snos»ga tushgan eng baland binolar bo‘lib turibdi. Mazkur binolarda mingga yaqin odam yashamaydigan kvartiralar bo‘lgan.
Ikki omono‘par binoni buzish uchun 3,7 tonna portlovchi moddalar ishlatildi.
Sud ushbu osmono‘par binolarni 9 yil avval noqonuniy qurilgan deb topdi va buzishga qaror qildi.
Sud tergovi bayonnomalarida ushbu binolarning «korrupsion bitimlar natijasida qurilgani»ga shama qilinadi.
Ma’lum qilinishicha, portlashdan keyin voqea joyida 80 ming tonnaga yaqin vayronalar qolgan. Ular qayta ishlashga yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter