Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda maymun chechagi oqibatida ilk o‘lim qayd etildi

Hindistonda maymun chechagi oqibatida ilk o‘lim qayd etildi

Illyustrativ foto

Hindistonning Kerala shtatida yashovchi 22 yoshli fuqaro Birlashgan Arab Amirliklaridan qaytganidan so‘ng, bir necha kun o‘tib, vafot etdi. Unda maymun chechagi aniqlangan, deb xabar berdi «The Indian Express».

Bu maymun chechagi virusini yuqtirish oqibatida Hindistondagi — birinchi, Afrikadan tashqaridagi — to‘rtinchi o‘lim holati.

Vafot etgan hind fuqarosi Amirliklardan qaytganidan so‘ng sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan, faqat 26-iyul kuni tana harorati yuqorilaganidan so‘ng shifokorlarga murojaat qilgandi.

Hind shifokorlari unda maymun chechagi simptomlarini aniqlashmagan, o‘limiga ensefalit yoki charchoq sabab bo‘lgan, deb hisoblashgan. Biroq 30-iyul kuni, bemor vafotidan so‘ng, uning qarindoshlari u BAAda topshirgan maymun chechagi bo‘yicha test musbat chiqqanini xabar qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring