Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda odamxo‘r yo‘lbars tufayli 18 ta maktab yopildi

Hindistonda odamxo‘r yo‘lbars tufayli 18 ta maktab yopildi

Illyustrativ foto

Hindistonda davlatga qarashli 18 ta maktab majburan yopildi, chunki uch kishini o‘ldirgan yo‘lbars tutqich bermay izg‘ib yuribdi.

Money Control nashri yozishicha, bir haftadan buyon yirtqich tutqich bermayapti, har safar ovchilarga chap berib ketyapti.

Voqea Uttar-Pradesh shtatining Pilibxit yo‘lbarslar qo‘riqxonasi atrofida yuz bermoqda. Odamxo‘r urg‘ochi yo‘lbarsning so‘nggi qurboni 17-iyul kuni 50 yoshli ayol bo‘lgan.

Qo‘riqxona atrofidagi qishloqlarda shakarqamish va sholi g‘uj bo‘lib o‘sgan, bu esa yo‘lbarsni tutishni qiyinlashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring