Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda vertolyot halokatga uchradi

Hindistonda vertolyot halokatga uchradi

Hindistonda vertolyot halokatga uchradi: yetti kishi halok bo‘ldi. 

Fojia Hindistonning Uttarakxand shtatida yakshanba kuni ertalab yuz berdi. Kedarnathdan Guptkarshiga uchayotgan vertolyot Aryan Airlines  xususiy shirkatiga tegishli edi. 

Times of India xabariga ko‘ra, halokatga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lishi mumkin. Voqea joyida qutqaruv xizmatlari va politsiya ishlamoqda. 

Shtat bosh vaziri Pushkar Singx Dhami hamdardlik bildirdi: 

"Vertolyot halokati haqida juda qayg‘uli xabar olindi. Mahalliy hokimiyat va qutqaruv guruhlari qidiruv va qutqaruv ishlarida ishtirok etmoqda". 

Bu so‘nggi haftalarda mintaqada yuz bergan birinchi vertolyot halokati emas. Rasmiylar samolyotlarning texnik holati va ularning parvoz shartlari ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 

12-iyun kuni Hindistonning Ahmadobod shahrida bortida 242 kishi bo‘lgan Air India yo‘lovchi samolyoti tibbiyot kolleji binosiga qulab tushdi. Faqat bir kishi tirik qoldi. 

Air India aviakompaniyasi qurbonlar oilalariga 10 million rupiy (taxminan 117 ming dollar) tovon puli va jarohatlangan shaxsga yordam va’da qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring