Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda yuzlab odamlar ko‘chki ostida qolgan jasadlarni qidirishmoqda

Hindistonda yuzlab odamlar ko‘chki ostida qolgan jasadlarni qidirishmoqda

Hafta boshida Hindiston janubidagi Kerala shtatida sodir bo‘lgan ko‘chkilar oqibatida 196 kishi halok bo‘ldi. 200 dan ortiq inson bedarak yo‘qolgan, 9000 ga yaqin kishi yordam lagerlariga ko‘chirilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

— Bu qizni yoki uning jasadini ko‘rganmisiz?

Qo‘l telefonini mahkam ushlagan ayol qishloqma-qishloq yurib, odamlarga xuddi shu savolni beradi. U g‘oyib bo‘lgan jiyani — Anitaning ikkita fotosuratini ko‘rsatadi.

Birida Anita xolasi bilan xursand bo‘lib turibti, boshqasida esa yerdagi jasad tasvirlangan.

Ayolning aytishicha, ikkinchi suratni Anita deb o‘ylagan tanishlari yuborgan. O‘shandan beri u jiyanini qidirmoqda, ammo natija bo‘lmayapti. U Anitaning tirik yoki halok bo‘lganiga ishonchi komil emas. Uning hikoyasi o‘z yaqinlarini qidirayotgan ko‘plab boshqalarning voqeasiga o‘xshaydi.

Seshanba kuni qalin loy va suv hududning katta qismini olib ketganidan keyin 200 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan. Tabiiy ofat tunggi soat 2 da, ko‘pchilik uxlab yotgan paytda boshlangan va qochishga imkon bermagan.

Ushbu hudud kardamon va choy plantatsiyalari bilan mashhur, shuningdek, bir nechta sayyohlik joylariga ega. Bu yerda yuzlab plantatsiya ishchilari o‘z oilalari bilan loydan qurilgan uylarda yashaydi.

Qutqaruvchilar payshanba kunigacha choy plantatsiyalarida qolgan odamlar qutqarilganini va boshqa tirik qolganlarni topish imkoniyati kamligini aytishdi.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, kuchli yomg‘ir odamlarni qutqarish va jasadlarni olib chiqishga xalaqit bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring