Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonning kattaligi bo‘yicha oltinchi shahri suvsiz qoldi

Hindistonning kattaligi bo‘yicha oltinchi shahri suvsiz qoldi

Foto: «Business Today»

Hindistonning kattaligi bo‘yicha oltinchi shahri — Chennay suv ta’minotisiz qoldi Bu haqda «CNN» xabar berdi.

«India Today» yozishicha, shaharni suv bilan ta’minlovchi uchta ko‘l — Pundi, Qizil tepalar va Cholavaram kuchli jazirma oqibatida qurib bitgan. Millionlab kishilar suvsizlikdan qiynalmoqda. Ichimlik suvi yuk mashinalarida tashib keltirilyapti, suvga ulkan navbatlar hosil bo‘lmoqda.

Shaharda 50 yildan ortiq yashab kelayotganlarning aytishicha, avval hech qachon bunaqa holat kuzatilmagan.

O‘tgan haftada Hindistonning ayrim hududlarida havo harorati 50 darajadan ham yuqorilab ketdi.

Aholisi soni bo‘yicha Hindistonda oltinchi o‘rinda turuvchi Chennay Tamilnad shtatining ma’muriy markazi hisoblanadi. Shahar aholisi 5 millionga yaqin, tevarak-atrofi bilan qo‘shib hisoblaganda bu yerda 11 milliondan ziyod inson istiqomat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring