«Tolibon» va noma’lum guruh o‘rtasidagi jangda 17 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Hirot shahrida «Tolibon» askarlari va boshqa qurolli guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 17 kishi, shu jumladan tinch aholi vakillari ham halok bo‘ldi. Bu haqda «Ettelaat-ye ruz» gazetasi xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, 24-oktyabr, yakshanba kuni tushlik payti shahar ko‘chalarida otishma boshlangan va u kun oxirigacha davom etgan. Qurbonlar orasida yetti nafar bola va uch nafar ayol ham bor.
Yana bir necha kishi yaralanib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lum qilinishicha, bu «Tolibon» shaharni egallab olganidan beri Hirotda birinchi qurolli to‘qnashuvdir. Shahar shu yilning 12-avgust kuni egallangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter