«Hizbulloh»ning yangi rahbari Bayrutga hujum oqibatida halok bo‘lgan — Al Arabiya
«Hizbulloh» harakatining yangi rahbari Hoshim Safi ad-Din Livan poytaxti Bayrutga Isroil bergan zarbalar oqibatida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Al Arabiya kanali xabar berdi.
Telekanalning Livan xavfsizlik xizmatidagi manbalariga ko‘ra, Safi ad-Din 4-oktyabrdan buyon aloqaga chiqmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 4-oktyabr, juma kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Bayrut yaqinidagi «Hizbulloh» qarorgohiga 73 tonna bomba tashlagan. Hujum payti Hoshim Safi ad-Din shu yerda bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
U 29-sentyabr kuni «Hizbulloh»ning yangi rahbari etib saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter