Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi biri kansler? Germaniya yetakchisi qiyofadoshi bilan uchrashdi

Qaysi biri kansler? Germaniya yetakchisi qiyofadoshi bilan uchrashdi

Germaniya kansleri Olaf Shols qiyofadoshi bilan uchrashdi. Eng qizig‘i u ham siyosatchi. 

Kanslerning qiyofadoshi AQShlik kongressmen Kris Kuni bo‘lib chiqdi. 

Shols AQShga tashrifi doirasida Kuni bilan uchrashgan. Siyosatchi AQShga safari davomida o‘zaro hamkorlik, Ukrainaga yordam berish masalasini ham gaplashgan. 

«O‘z qiyofadoshimni yana ko‘rish juda yoqimli», deya yozgan Germaniya hukumati rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, Shols 2021-yildan buyon nemis hukumatiga rahbarlik qilib kelmoqda. U avval vitse-kansler lavozimida ham ishlagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring