Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask Mark Sukerbergga keskin taklif berdi

Ilon Mask Mark Sukerbergga keskin taklif berdi

Foto: Getty Images

Milliaderlar Ilon Mask va Mark Sukerberg o‘zlariga tegishli ijtimoiy tarmoqlarda oktagonda bir-birlari bilan jang qilishga tayyor ekanliklarini e’lon qilishdi.

Yaqinda Ilon Mask Tvitterda Sukerberg bilan «qafasdagi jangga tayyor» ekanligini aytgandi.

21-iyun kuni Instagram tarmog‘ida Mark Sukerberg ushbu tvitga munosabat bildirib, «Menga manzilni yuboring» deya javob berdi. Ilon Mask esa Las-Vegasdagi oktagonda uchrashishlarini aytib, javob yozgan. 

Eslatib o‘tamiz, Sukerberg bir qancha sport turlari bilan shug‘ullanib keladi, hatto jiu-jitsu turnirida g‘olib ham bo‘lgan. 

Bloomberg milliarderlar indeksida 22-iyun holatiga ko‘ra, janob Mask 232 milliard dollar boyligi bilan birinchi o‘rinni, Sukerberg esa 103 milliard dollar bilan  10-o‘rinni egalladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring